Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar va o‘lganlar kunlik statistikasi biroz pasaydi
23.07.2020 00:48,  
518

Shu yilning 22 iyul kuni mamlakatimizda 498 holatda kasallik qayd etilgan. Shundan 93 nafari Karantin muassasalarida, 405 nafari tana harorati ko‘tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Surxondaryo viloyatida 1 nafardan, jami 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Namangan, Qashqadaryo, Surxondaryo, Farg‘ona, Sirdaryo hamda Jizzax viloyatlaridagi tibbiyot muassasalarida jami 351 nafar bemor sog‘ayib, koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar ko‘rsatkichi bo‘yicha rekord natija qayd etildi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 18 379 nafar bemordan 9 872 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 53 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 8 409 nafar bemordan 102 nafari og‘ir, 27 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан