Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlardan 4 nafarining ahvoli og‘ir
25.03.2020 10:56,  
2105

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekovning ma’lumot berishicha, O‘zbekiston Respublikasida koronavirus bilan kasallanganlar soni 2020 yil 25 mart ertalab soat 9:00 holatida 55 nafarni tashkil etdi. Ushbu bemorlarning barchasi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida davolash muolajalarini olmoqda.

Mazkur institut rahbariyati ma’lumotiga ko‘ra, hozirgi daqiqalarda 13 nafar bemorda o‘pka yallig‘lanishi – pnevmoniya alomatlari kuzatilyapti. Bemorlardan 4 nafarining ahvoli og‘ir deb baholanmoqda. Ular intensiv-terapiya muolajalari olmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davolash profilaktika muassasalarida, profilaktoriyalarida, sanatoriyalarida tashkil etilgan maxsus izolyatorlarda hammasi bo‘lib 20 mingdan ko‘proq fuqaro karantin tadbirlarini o‘tayapti. Ular tibbiy kuzatuvga olingan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан