Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlarning 132 nafari o‘ta og‘ir ahvolda qolmoqda
25.08.2020 10:03,  
140

2020 yil 25 avgust soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 39 506 (+158) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 84 nafari Toshkent viloyatida, 45 nafari Toshkent shahrida, 12 nafari Samarqand viloyatida, 10 nafari Buxoro viloyatida, 4 nafari Jizzax viloyatida va 3 nafari Qashqadaryo viloyatida, tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Olmazor tumanida yashagan 65 yoshli X.X. (ayol) hamda Yunusobod tumanida yashagan 40 yoshli D.A. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. 

Ayni paytda yurtimizda 35 551 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (90 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 3 673 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 282 nafari og‘ir, 132 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан