O‘zbekistonda koronavirusga qarshi mobil ilovalar yaratilib, treking usuli joriy etiladi

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi mobil ilovalar yaratilib, treking usuli joriy etiladi

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov va Koreya Respublikasi Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot vaziri Pak Ning Xu o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limining xabar berishicha, unda tibbiyot sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, shu jumladan, “COVID-19” qarshi kurash borasida birgalikdagi sa’y-harakatlarni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Muloqotda ikki davlat vazirlari yurtimizda tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda “COVID-19” ga qarshi mobil ilovalarini yaratib, treking usulini joriy etish borasida kelishuvga erishdi. Bu esa Bu esa O‘zbekistonga xuddi Koreyadagidek koronavirusga chalingan bemorni kim bilan muloqot qilgan va qaysi hududlarda bo‘lganligini innovatsion tarzda aniq ko‘rsatib berish imkoniyatini yaratadi, deyiladi SSV xabarida. 

Bundan tashqari, hamkorlikda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashda testlar va dorilarni ishlab chiqish masalalari ham muhokama etildi. Jumladan, “COVID-19” qarshi vaksinani birgalikda klinik sinovlarini o‘tkazish to‘g‘risida ham kelishuvga erishildi. O‘z navbatida Koreya Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot vaziri Pak Ning Xu ushbu vaksinani dunyo mamlakatlariga taqdim etishda O‘zbekiston alohida ustuvor mavqega ega  bo‘lishini ta’kidlab o‘tdi.