Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda koronavirusga qarshi qo‘llanilgan vaksinalar soni 8 mln dozadan oshdi
3.08.2021 12:10,  
40

O‘zbekistonda 2 avgust kuni koronavirusga qarshi 327 628 doza vaksina qo‘llanildi, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati. Shundan 243 493 doza birinchi bosqichda, 63 521 doza ikkinchi bosqichda va 20 614 doza uchinchi bosqichda qo‘llanilgan.

Ayni kungacha O‘zbekistonda jami 8 009 376 doza vaksinadan foydalanilgan bo‘lib, ularning 1 992 981 tasi ikkinchi dozada va 784 994 tasi uchinchi dozada qo‘llanilgan. Emlash jarayoniga qamrab olingan jami aholi soni 5 231 451 nafarni, shu kungacha koronavirusga qarshi to‘liq emlab bo‘linganlar soni esa 1 232 807 nafarni tashkil qilmoqda.

2 avgust kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:

Surxondaryo viloyati (45 849 doza),
Andijon viloyati (35 948 doza),
Toshkent viloyati (32 780 doza) band qildi.
Jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar:

Farg‘ona viloyatida 1 016 629 doza,
Namangan viloyatida 1 008 929 doza,
Andijon viloyatida 889 893 dozani tashkil qilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан