Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda koronavirusga qarshi vaksina sinovlari qamrovi kengaytirildi
1.02.2021 11:22,  
50

Innovatsion rivojlanish vazirligi axborot xizmati Xitoyning Zhifei Loncom Biofarmaceutical kompaniyasi tomonidan yaratilgan ZF 2001 vaksinasining uchinchi sinov bosqichlari davom etayotganini va tadqiqotda avval xabar berilganidek 5 ming nafar ko‘ngilli emas, 9 ming nafar ko‘ngilli ishtirok etishini ma’lum qildi

Tadqiqot ko‘lamining kengaytirilishiga sabab, birinchidan, tadqiqot ishtirokchilari sonining ikkinchi va uchinchi doza emlash bosqichida kamayish ehtimoli mavjudligidadir. Ikkinchidan, O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat barqarorlashgani bois, koronavirusning vaksina olganlarga ta’sirini o‘rganish qiyinlashmoqda. Negaki, vaksinaning ta’siri organizmga virus ta’sir qilganda aniqlanadi.

O‘z navbatida, vaksina sinovlarida ishtirok etayotgan ko‘ngillilarning yarmi vaksina emas, platsebo olayotgani ham eslatib o‘tilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан