Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlarning qon zardobidan bemorlarni davolashda foydalaniladi
10.04.2020 17:43,  
597

Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limining ma’lum qilishicha, sog‘aygan fuqarolarimizning qon zardobi kasallikni boshidan kechirayotgan bemorlarimiz uchun nihoyatda bebaho bo‘lib, ularning ushbu xastalikni yengil o‘tkazishi va tezroq tuzalishlari uchun zamin bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Shunga ko‘ra, yurtimizdagi bir qator tajribali olim va shifokorlar bilan kelishilgan holda, tez kunlarda mutlaqo yangicha usul — koronavirusdan sog‘aygan insonlarning qon zardobini xastaligi og‘ir kechayotgan bemorlarga quyish amaliyotini joriy etish boshlanadi.

“Amaliyotning ilmiy asosiga keladigan bo‘lsak, COVID-19 infeksiyasiga chalingan bemorlar qon zardobida virusga qarshi immun tanachalar paydo bo‘lib, ular virusning o‘limiga olib keladi“.

Tabiiyki, bu amaliyot qator savollar tug‘dirishi mumkin. Zardobdan boshqa kasallik yuqmaydimi? Zardob bergan insonlar ahvoli og‘irlashmaydimi? Bemorlarga zardob quyilganda turli asoratlar yuzaga kelmaydimi?

“Avvalo, koronavirus infeksiyasidan tuzalgan insonlardan zardob olishdan oldin, bir nechta infeksiyalarga tekshiriladi, tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Qo‘shimcha infeksiyasi va kasalligi bo‘lmagan insonlar zardobining kichik bir qismi olinadi, xolos. Bu miqdor donor uchun hech qanday salbiy asoratlarni namoyon qilmaydi. Bu ilmiy jihatdan isbotlangan. So‘ngra yig‘ib olingan zardob yana qo‘shimcha ishlov berish jarayonlaridan o‘tkazilgandan so‘ng, kasallik og‘ir kechayotgan bemorlar roziligi va shifokor ko‘rsatmalari hamda maxsus tartiblarga qat’iy rioya qilingan xolda qo‘llanilishi mumkin“ — deyiladi SSV xabarida.

Shuningdek, COVID-19 infeksiyasidan tuzalgan insonlarning qon zardobi – kasallik og‘ir kechayotgan yoki uzoq davom etayotgan bemorlarimizga virusni tezroq va osonroq yengish uchun qo‘shimcha kurashish manbayi bo‘lib xizmat qilishi mumkinligi aytildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан