Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda koronavirusni yo‘qotuvchi texnologiya yaratilgani aytilmoqda
5.09.2020 18:21,  
2038

«Xabar.uz» nashrining yozishicha, O‘zbekistonda koronavirusni yo‘qotuvchi texnologiya yaratilgan. Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, dastlabki sinovlar muvaffaqiyatli o‘tgan.

«Joriy yilning aprel oyida muhandislarimiz havodagi mikrob va bakteriyalarni yo‘qotuvchi yangi innovatsion texnologiyani yaratishdi. Ilk tajribalar o‘tkazilib, texnologiya takomillashtirildi. May oyidan boshlab intensiv sinovlar, jumladan, bakteritsid lampa, ozonator, ultrafiolet va kvarslarga nisbatan ham solishtiruv va imkoniyatlari tekshirildi. Texnologiya unumdorligi yuqori bo‘lgani, vaqt ziqligi, virusning borgan sari ko‘payishi sabab, shahar virusologiya laboratoriyasida koronavirusga qarshi sinab ko‘rishga qaror qildik.

Sinovlar aynan havodagi koronavirusni yo‘q qilishga mo‘ljallangan edi. Natijalarga ko‘ra, muhandislarimiz tomonidan yaratilgan texnologiya nafaqat havodagi, balki laboratoriya yuzidagi bakteriya, mikroblar va koronavirusni ham butkul yo‘qotdi», — Gulnoza Mirzayeva, Chilonzor tuman Sanitariya epidemiologiya va osoyishtalik markazi rahbari. 

Dono Muhamedova, Toshkent shahar Sanitariya epidemiologiya va osoyishtalik markazi, Virusologiya laboratoriyasi mudirasi:

«Koronavirus nafaqat havoda muallaq bir paytgacha, balki xonaning barcha qismi, yuzalarida ham saqlanib qolishiga amin bo‘ldik. Shundan so‘ng 30 daqiqaga yangi texnologiyani ishga tushirib, qayta sinovlarni o‘tkazdik. Boks ichidan tashqari, barcha joylardagi koronavirus bartaraf etilganining guvohi bo‘ldik». 

Malika Qudratxo‘jayeva, Toshkent shahar Sanitariya epidemiologiya va osoyishtalik markazi rahbari:

«Hozircha yaratilgan texnologiyaning chet elda analogi yo‘q. Lekin Yevropa, AQSh, Rossiya mamlakatlari mutaxassislari ham koronavirusni havo va havo tomchilari orqali tarqalishining oldini olish maqsadida o‘xshash texnologiyalar ustida ish olib borishyapti. Sinovlar jarayonida chet el farmatsevtika sanoati tashkilotlari tomonidan texnologiyani sotib olish takliflari ham tushgan edi. Rad etdik, sababi, avvalambor, mazkur texnologiya yurtimiz, xalqimiz uchun xizmat qilishi lozim. Ichki talablar qondirilgach, chet elga realizatsiya masalalari ko‘rib chiqiladi.

Tez kunlarda sinovlar nihoyasiga yetadi. Shundan so‘ng tibbiyot muassasalari, dorixona, maktab, oshxonalar, to‘yxona kabi aholi gavjum joylarda qo‘llanilishi uchun tavsiyalarni beramiz»

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан