Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda koronavirusning kunlik o‘sish holati 200 dan oshdi
23.06.2020 23:58,  
656

Bugun mamlakatimizda 201 holatda kasallik qayd etilgan (Kunlik o‘sish ko‘rsatkichi 3,02 %ni tashkil qilmoqda). Shundan 168 nafari Karantin muassasalarida, 30 nafari aholi orasida (shundan 9 nafari Toshkent shahrida, 6 nafari Xorazm viloyatida, 4 nafari Qashqadaryo viloyatida, 3 nafardan Namangan va Toshkent viloyatida, 2 nafardan Andijon va Surxondaryo viloyatida, 1 nafar esa Sirdaryo viloyatida), qolgan 3 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar bermoqda.

Bugun 110 nafar fuqaro sog‘aydi. Ular Toshkent shahri va Samarqand viloyatlaridagi tibbiyot muassasalarida shifo topishdi.

Manba: SSV

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 6662 nafar bemordan 4560 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 68 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2083 nafar bemordan 17 nafari og‘ir, 4 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Hozirda mamlakatimizda uy karantinida 36 294 nafar, statsionar karantinda esa 22 656 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан