Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda korrupsiya haqida xabar berganlarning qarindoshlari ham davlat himoyasida bo‘lishi belgilandi
19.11.2021 13:08,  
61

O‘zbekistonda korrupsiya haqida xabar berganlarning qarindoshlari ham davlat himoyasida bo‘ladi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonning korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun 18 noyabr kuni prezident tomonidan imzolandi.

Kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlari korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etilishini o‘rganish va tahlil qilish uchun jazoni ijro etish muassasalariga moneliksiz kirishga, hujjatlar bilan tanishishga haqli ekani belgilandi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan har yili korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi milliy ma’ruzani Oliy Majlisga taqdim etadi.

Endilikda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida axborot berayotgan shaxslarning qarindoshlari ham davlat himoyasida bo‘ladi (ilgari faqat xabar bergan shaxslar nazarda tutilgan.)

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан