Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda korrupsiyaga xizmat qiladigan lavozimlar ro‘yxati shakllantiriladi
24.10.2021 08:54,  
260

O‘zbekistonda korrupsiya manbai bo‘lgan yoki unga xizmat qiladigan lavozimlar ro‘yxati shakllantiriladi. Shunga oid Vazirlar Mahkamasining qaror loyihasi umumxalq muhokamasiga qo‘yildi.

Qaror loyihasiga ko‘ra:

- keng aholi qatlami, tadbirkorlik sub’yektlari, shu jumladan O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar, mahalliy va halqaro ekspertlar o‘rtasida so‘rovnomalar o‘tkaziladi;

- so‘rovnomalar natijalarini tahlil qilish asosida davlat organlari va hududlarda korrupsiyaning tarqalganlik darajasini aniqlanadi.

Baholash natijalari asosida korrupsiyaning tarqalganlik darajasi reytingi, shu jumladan korrupsiya xavfi yuqori bo‘lgan davlat organlari va hududlar ro‘yxati shakllantiriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан