Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda kripto-aktivlar aylanmasi bo‘yicha qonun loyihasi qabul qilindi
20.05.2020 15:56,  
259

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yig‘ilishida deputatlar qonunchilikka kriptovalyutalardan foydalanish bo‘yicha o‘zgartishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ko‘rib chiqdilar. Bu haqda Qonunchilik palatasining axborot xizmati xabar berdi.

Hujjat “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunning 12-moddasiga qo‘shimcha kiritishni taklif qilmoqda. Qonun loyihasi parlamentning quyi palatasiga qonunchilik tashabbusi huquqi asosida bosh prokuror tomonidan taqdim etildi.

Deputatlarning fikricha, qonun loyihasining qabul qilinishi mamlakatimizda kripto-aktivlar aylanmasi sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar zimmasiga nisbatan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining talablarini bajarish majburiyatini yuklaydi. Shuningdek, kripto-aktivlar aylanmasi sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar uchun ichki nazorat qoidalarini qabul qilish va tasdiqlashga huquqiy asos yaratadi.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан