Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda “lanka” o‘yini rivojlantiriladi
7.06.2021 09:44,  
501

Turizm va sport vazirligida iyun-iyul oylarida O‘zbekistonda “Qarabtep” (“lanka”) xalq o‘yini musobaqalarini o‘tkazish muhokama qilindi.  

Davra suhbatiga raislik qilgan O‘zbekiston Polvonlar milliy markazi raisi Norquli Yusupov iyun-iyul oylarida “Qarabtep” xalq o‘yini musobaqalarini yuqori saviyada tashkil etishda hamkor tashkilotlarni amaliy yordam ko‘rsatishga chaqirdi.

Uchrashuvda bir qancha shakllardagi “Qarabtep” o‘yinining asosiy ish quroli – “tepki”lar ham ko‘rsatildi. Unda soha mutaxassislari mahalliy aholi tomonidan yaratilgan “tepki”ga yuqori baho berib, uni ommalashtirish va “o‘zbek brendi” sifatida dunyoga keng targ‘ib qilish borasida o‘z tavsiyalarini bildirdi.



Davra suhbatida ushbu xalq o‘yini sport federatsiyasini tashkil etishga qaror qilindi. 

“Bundan ko‘zlangan maqsad, “Qarabtep”ni oddiy xalq o‘yini emas, balki sport turi sifatida yanada ommalashtirish va albatta yaqin kelajakda jahonga olib chiqishdan iborat”, - deyiladi vazirlik xabarida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан