Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda mahkumlarni jazoni o‘tash uchun manzil-koloniyaga o‘tkazish tartibi bekor qilinadi
22.03.2021 12:28,  
413

O‘zbekistonda ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlarni jazoni o‘tash uchun manzil-koloniyaga o‘tkazish tartibi bekor qilinadi. Bu e’lon qilingan «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasida belgilab qo‘yildi.

Qonun loyihasini qabul qilish zarurati quyidagilar bilan izohlanadi:

- birinchidan, jazoni ijro etish tizimiga insonparvarlik tamoyillarini keng tatbiq etish;

- ikkinchidan, jazoni ijro etish tizimi ochiqligi va shaffofligi ustidan jamoatchilik nazorati rolini oshirish;

- uchinchidan, mahkumlarni axloqan qayta tarbiyalash, jinoyatchilik oldini olish, ijtimoiy-psixologik va tarbiyaviy ish samaradorligini oshirish;to‘rtinchidan, mahkumlar huquqlari doirasini kengaytirish va ular ozodlikka chiqqanidan so‘ng nafaqa ta’minoti kafolatlarini kuchaytirish.

Shuningdek, loyiha «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi qonun, Jinoyat, Jinoyat-ijroiya va Soliq kodekslariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishini nazarda tutadi. Xususan:

- birinchidan, mahkumlar jazosini yengilrog‘i bilan almashtirish yoki jazodan shartli ozod qilishga taqdim etuvchi Insonparvarlik komissiyasi tashkil etilishi, komissiya vakolatlari, asosiy vazifalari, faoliyati va tarkibini belgilash;

- ikkinchidan, ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar jazodan ozod etilganidan so‘ng pensiya ta’minoti kafolatini kuchaytirish maqsadida, mahkumlarga yagona ijtimoiy soliqni har oyda ixtiyoriy ravishda to‘lab borish huquqini taqdim etish;

- uchinchidan, ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlarni jazoni o‘tash uchun manzil-koloniyaga o‘tkazish tartibini bekor qilish;

- to‘rtinchidan, mahkumlar jazosini yengilrog‘i bilan almashtirish tartibiga o‘zgartirish kiritish.

Shu bilan birga jazoni ijro etish tizimi ochiqligi va shaffofligi ustidan jamoatchilik nazorati rolini takomillashtirishni va mahkumlarda qonunga itoatkor xulqni shakllantirish va ular tomonidan jinoyatlar sodir etilishi oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirishni ta’minlaydi.

Hujjat loyihasi Prezidentning 2020 yil 29 dekabr kuni Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasi va 2021 yil 3 fevraldagi farmoni bilan tasdiqlangan 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi 23- va 30-bandlarida belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida ishlab chiqilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан