Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda mahkumlarning ombudsmanga yo‘llagan shikoyatini qamoqxona rahbariyati ko‘zdan kechirishi taqiqlanishi mumkin
9.03.2021 21:59,  
130

Ichki ishlar vazirligi «O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari vaqtincha saqlash hibsxonalarining ichki tartib qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi idoralararo buyruqni muhokamaga qo‘ydi.

Unga ko‘ra, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) va O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning (biznes-ombudsman) nomiga yuborilgan shikoyatlar muassasa ma’muriyati tomonidan ko‘zdan kechirilishi mumkin emas. Qolaversa, oluvchiga 24 soatdan kechiktirmay yuborilishi belgilanmoqda.

Hujjat bilan ombudsman va biznes-ombudsmanning mahkumlar shikoyatiga javobi muassasa ma’muriyati tomonidan ko‘zdan kechirilishi mumkin emas va arizachiga darhol yetkazib beriladi.

Buyruq loyihasi muhokamasi 24 martga qadar davom etadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан