Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda Majburiy ijro byurosida yangi jamg‘arma tashkil etiladi
2.03.2022 08:25,  
98

Endi alimentdan qarzdorlikni davlat to‘lab beradi, keyinroq MIB qarzni byudjetga undiradi.

Davlatimiz rahbari e’tiborni masalaga qaratdi.

Bugungi kunda 290 mingdan ziyod otalarga farzandlari uchun aliment to‘lash yuklangan.

Lekin, ularning 172 ming nafari o‘z farzandi oldidagi majburiyatini bajarishdan bosh tortib kelmoqda. 

"Oqibatda aliment bo‘yicha qarzdorlik 115 milliard so‘mdan oshib ketgan. Shu bois 2021 yili Xalq qabulxonalariga aliment bilan bog‘liq 70 mingga yaqin murojaat kelib tushgan.

Bu borada Majburiy ijro byurosining faoliyati qoniqarsiz.

Endi aliment to‘lovlarini kafolatli ta’minlash bo‘yicha yangi tizim joriy qilinadi", dedi Shavkat Mirziyoyev.

2022 yil 1 iyuldan Majburiy ijro byurosida “Aliment to‘lovlari” jamg‘armasi tashkil etiladi va unga dastlab 50 milliard so‘m yo‘naltiriladi.

Mazkur mablag‘lar uch oy ichida undirish imkoni bo‘lmagan alimentlarni to‘lashga ajratiladi va keyinchalik byuro tomonidan undirib olinadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан