Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda «Mangu Sarkarda» nomli vedio o‘yin yaratildi
20.12.2020 13:33,  
4027

Ma’lum qilinishicha, ushbu o‘yin ustida 29 kishilik jamoa 1 yil davomida va sanoatida eng ishonchlilaridan bo‘lgan Unreal Engine mexanizmi asosida ishlangan. Qamrov darajasi esa AAA o‘lchamini tashkil etadi. Madaniy-ma’rifiy xarakterga ega o‘yin strategik o‘yinlar turiga kirib, voqealar rivoji tarixiy haqiqat asosida, XIV asrda ro‘y beradi.


«Mangu Sarkarda» – Sohibqiron Amir Temur aks etgan va uning sharafiga yaratilgan ilk video o‘yin hisoblanadi. Unda  to‘g‘ridan-to‘g‘ri Amir Temur obrazidan foydalanilmaydi, balki uning ishonchli kishisi timsolida voqealar yoritib borilgan. O‘yin UIC Games tomonidan yaratilgan bo‘lib, qiziqarli tarixiy syujet asosida ishlab chiqilgan. Eng kichik detallarigacha aniqlikda ishlab chiqilgan muhit, reallikka asoslangan, moziyni aks ettirgan raqamli texnologiyalar mahsuloti – «Mangu Sarkarda» o‘zida jamlagan sifatlar.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан