Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda masjidlar ham bosqichma bosqich ochiladi
10.08.2020 11:30,  
688

“Azon.uz” manbasining xabar berishicha, ayni soatlarda O‘zbekiston musulmonlari idorasi barcha imom va noiblar ishtirokida video selektor shaklida yig‘ilish o‘tkazmoqda. Unda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Abdug‘ofur Ahmedov ham ishtirok etmoqda.

Ma’lum qilinishicha, yig‘ilishda pandemiya vaqtidagi imom xatiblar faoliyatini yanada samarador qilish, davlat tomonidan imomlarga e’tibor qaratilib, 150 milliard so‘m ajratilgani, yoshlar tarbiyasida imomlarning o‘rni va ta’siri bo‘lishi zarurligi kabi mavzular muhokama qilinyapti.

Eng quvonarlisi, majlisda aytilishicha, 15 avgustdan boshlab yurtimizda masjidlar bosqichma bosqich yana faoliyat ko‘rsata boshlaydi. Bunda avvalo nimalarga e’tibor qaratilishi, karantin qoidalariga amal qilish muhimligi, ijtimoiy masofani saqlash, eng muhimi, el yurtimiz tinchligi, koronavirus balosining tezroq ko‘tarilishini so‘rab duoyi xayrlar qilinishi muhimligi alohida ta’kidlandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан