Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda matematiklar uchun stipendiya joriy etildi
22.05.2020 12:03,  
281

Matematika yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalar va tadqiqotchilar uchun Akademik Toshmuhammad Aliyevich Sarimsoqov nomidagi stipendiya joriy etildi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining ma’lum qilishicha, stipendiya respublika oliy ta’lim muassasalarida Matematika ta’lim yo‘nalishlarida 2-kursni tugatgan bakalavriat, 1-kursni tugatgan magistratura talabalari va 1-bosqichni tugatgan tayanch doktorantlarga tayinlanadi.

2020-2021 o‘quv yili uchun Akademik T.A.Sarimsoqov nomidagi stipendiya kvotasi:

  • - 5 nafar bakalavriat talabasi uchun (10 oy muddatga har oyda 750 ming so‘mdan);
  • - 5 nafar magistrant uchun (10 oy muddatga har oyda 1 mln. so‘mdan);
  • - 5 nafar tayanch doktorant (2021 yil uchun 10 oy muddatga har oyda 1,5 mln. so‘mdan) uchun belgilandi.

Stipendiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7 maydagi “Matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4708-sonli Qarori asosida Matematika instituti huzuridagi Matematika fani va ta’limini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash Jamg‘armasi tomonidan ta’sis etildi.

Stipendiya nizomi va u haqidagi batafsil ma’lumotni ushbu havola orqali yuklab olishingiz mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан