Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda milliy frilanserlar markazi tashkil etilishi rejalashtirilyapti
2.06.2020 09:43,  
169

Xalq ta’limi vazirligi frilanserlar mehnat sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan prezident farmoni loyihasini ishlab chiqdi

Loyihada yangi imtiyoz va preferensiyalardan foydalanishlari mumkin bo‘lgan milliy frilanserlar markazini tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Hujjat frilanserlarni markaz rezidentlari sifatida ro‘yxatdan o‘tkazishning maqsadlari, tartibi va mezonlarini belgilaydi.

Ushbu qonun loyihasida frilanserlar markazi tashkil etish uchun 20 milliard so‘m mablag‘ talab etiladi. Markazda o‘quv kurslarini tashkil etish rejalashtirilgan, veb-dizayn va dizaynni o‘rganish, mobil ilovalarni ishlab chiqish imkoniyati bo‘ladi. 

Markaz rezidentlari ish stajini hisobga olgan holda vaqtincha mehnat guvohnomalari beriladi va ish topishda yordam ko‘rsatiladi. Ular to‘lovlarni bank komission to‘lovisiz xorijiy valyutada qabul qilishlari va ommaviy taklif asosida o‘z xizmatlarini ko‘rsatishlari mumkin.

Qonun loyihasida markazning rezidenti bo‘lishni istagan frilanserlar javob berishi kerak bo‘lgan mezonlar ko‘rsatilgan. Xususan, ular o‘z xizmatlarini Internet orqali taqdim etishlari, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tmasliklari va xodimlarning xizmatlaridan foydalanmasliklari kerak.

Loyihaning jamoatchilik muhokamasi 12 iyungacha davom etadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан