Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda milliy identifikatsiya tizimi yaratiladi
30.04.2020 10:20,  
206

regulation.gov.uz portaliga Vazirlar Mahkamasining “Aholiga elektron xizmatlar ko‘rsatilishi doirasida shaxsni tasdiqlashning muqobil shakllarini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.

Loyihada qayd etilishicha, quyidagilar:

a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi tomonidan Birlashgan millatlar tashkilotining Rivojlanish dasturi bilan birgalikda quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Milliy identifikatsiya tizimini yaratish konsepsiyasi ishlab chiqilgan:

jismoniy va yuridik shaxslarga taqdim etilayotgan davlat va moliyaviy xizmatlar sifati oshirish va barchaning foydalana olish imkoniyatini kengaytirish;

elektron shaklda ko‘rsatilayotgan xizmatlar sonining sezilarli oshishi;

jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan davlat va moliyaviy xizmatlardan foydalanish jarayonlarini soddalashtirish;

kichik va o‘rta biznesning uchun xizmatlardan (kreditlash, sug‘urtalash va hokazo) foydalanish imkoniyatini kengaytirish.

b) “Raqamli ishonch” raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan yuz geometriyasi bo‘yicha shaxsni biometrik autentifikatsiya qilish tizimining prototipi ishlab chiqilgan.

Agentlik, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi jismoniy va yuridik shaxslarning identifikatsiyasi milliy axborot tizimini yaratish bo‘yicha taklifi ma’qullanadi:

aholiga xizmat ko‘rsatuvchi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, moliyaviy va boshqa xizmatlar ko‘rsatuvchi sub’yektlarning axborot tizimlarida jismoniy va yuridik shaxslarni masofaviy himoyalangan identifikatsiya qilish imkonini yaratish;

masofaviy xizmatlarni ko‘rsatish uchun foydalanuvchilarning tegishli tashkilotga o‘zi kelib murojaat etish zaruratini, shuningdek, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni bevosita tekshirishni istisno qiladigan jismoniy va yuridik shaxslarni identifikatsiya qilishning ishonchli usulini davlat, bank va boshqa tashkilotlarga taqdim etish;

soxta, o‘zgalarning yoki muddati o‘tgan hujjatlarga asosan xizmat ko‘rsatish holatlarini qisqartirish, shuningdek, fuqarolar xizmatlardan foydalanish uchun o‘zi kelib murojaat qilganda va ularning yonida shaxsni tasdiqlovchi hujjati mavjud bo‘lmagan hollarda davlat, bank va boshqa tashkilotlarga fuqarolarning shaxsini identifikatsiya qilish imkoniyatini berish orqali aholiga qulayliklar yaratish.

Identifikatsiya tizimini yaratish va joriy etish bo‘yicha buyurtmachi etib Jamg‘arma belgilanadi.

Idoralararo elektron hamkorlik orqali O‘zbekiston Respublikasi jismoniy va yuridik shaxslarning identifikatsiyasi milliy axborot tizimiga taqdim etiladigan ma’lumotlar ro‘yxati tasdiqlanadi.

Shuningdek, belgilanishicha:

Identifikatsiya tizimi jismoniy va yuridik shaxslarni jumladan jismoniy shaxsning biometrik ma’lumotlari orqali ro‘yxatga oladigan, identifikatsiya, autentifikatsiya va avtorizatsiya qiladigan, shuningdek, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, jismoniy va yuridik shaxslarga moliyaviy va boshqa xizmat ko‘rsatuvchi sub’yektlarning axborot tizimlariga qonunchilikda belgilangan tartibda foylanuvchi-jismoniy shaxslarning shaxsga doir va foydalanuvchi-yuridik shaxslarning hisob ma’lumotlarini ishonchli, ruxsat olingan holda taqdim etadigan dasturiy-apparat kompleksi hisoblanadi;

Identifikatsiya tizimini yaratish va joriy etish, shu jumladan uni yanada takomillashtirish va texnik qo‘llab-quvvatlash Jamg‘armaning o‘z mablag‘lari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;

Identifikatsiya tizimi O‘zbekiston Respublikasida jismoniy va yuridik shaxslarni identifikatsiya qilishning rasmiy ma’lumotlar manbayi darajasiga ega;

Identifikatsiya tizimidan olingan ma’lumotlar davlat, moliya va boshqa xizmatlardan foydalanuvchilarni masofaviy identifikatsiya va autentifikatsiya qilishning asosi hisoblanadi;

Identifikatsiya tizimining tasdiqlangan foydalanuvchisi ma’lumotlari asosida O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan shakllantiriladigan elektron raqamli imzo qog‘oz hujjatga qo‘lda o‘zi qo‘ygan imzo bilan bir xil ahamiyatga ega;

Identifikatsiya tizimi xizmat ko‘rsatish tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’iy nazar barcha tashkilotlarga to‘lov-shartnoma asosida amalga oshiriladi.

Shaxsni mobil aloqa telefon raqami orqali tasdiqlash imkoniyatini yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi mobil aloqa operatorlari bilan birgalikda quyidagilarni ta’minlaydi:

a) 2020 yil 1 iyuldan boshlab:

Operatorning axborot tizimlariga yangi va amaldagi abonentlar-jismoniy shaxslarning jismoniy shaxslarning shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritish;

davlat xizmatlarini ko‘rsatish holati to‘g‘risida axborot beruvchi SMS-xabarlarni abonentlarga beg‘araz tarzda yuborish;

b) “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUK bilan birgalikda 2021 yil 1 yanvardan boshlab real vaqt rejimida Markazning so‘roviga asosan Operator tomonidan jismoniy shaxslar to‘g‘risidagi quyidagi ma’lumotlarni taqdim etish bo‘yicha elektron hamkorlikni yo‘lga qo‘yish:

abonentning JShShIR bo‘yicha – abonentning telefon raqami; 

abonentning telefon raqami bo‘yicha – abonentning JShShIR. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан