Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda mudofaa va huquqni muhofaza qiluvchi organlar davlat byudjetidan qo‘shimcha 1,4 trillion so‘m oladi
28.10.2021 19:14,  
80

O‘zbekiston Oliy Majlis Senati 21 oktyabr kuni o‘tkazilgan 20-yalpi majlisda respublika byudjetidan birinchi darajali byudjet mablag‘lari boshqaruvchilariga 2021 yilda 11,69 trillion so‘mga (1,1 milliard dollar atrofida) ajratiladigan mablag‘larning cheklangan miqdorlarini oshirishni ma’qulladi. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar berdi.

Tasdiqlangan o‘zgarishlarga ko‘ra, «boshqa tashkilotlar» byudjeti 24,69 trillion so‘mdan — 26,12 trillion so‘mga, ya’ni jami 1,43 trillion so‘mga (133,7 million dollar) ko‘payadi. Senatning Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi raisi Erkin Gadoyev ushbu mablag‘lar qo‘shimcha shtatlarni tashkil qilish, lavozimlar va oyliklarni oshirish, ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni hamda ayrim idoralarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga yo‘naltirilishini ma’lum qildi.

Senat xabarida qayd etilishicha, mablag‘lar «mudofaa va huquqni muhofaza qiluvchi organlarni saqlash, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash xarajatlariga yo‘naltiriladi».

Erkin Gadoyev aniqlik kiritishicha, byudjet xarajatlarining ortishiga qaramasdan yil yakuniga qadar daromadlar qo‘shimcha manbalar hisobiga 147,2 trillion so‘mdan 173 trillion so‘mgacha ortishi kutilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан