Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda non narxi so‘nggi 20 kun ichida ikkinchi marta qimmatlashdi
5.11.2019 12:29,  
200

Ijtimoiy tarmoqlarda jamoatchilik tomonidan tarqatilayotgan xabarlarga qaraganda, hududlarda «buxanka» non 1600 so‘mdan 1900 so‘mgacha narxda sotilmoqda.

O‘zbekistonda non narxi oxirgi bor joriy yilning 15 oktyabr kuni oshirilgan edi.

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan 2019 yil hosilidan tayyorlangan bug‘doyning 1 tonnasi un ishlab chiqarishga 1300 ming so‘mdan ulgurji narxda sotilishi belgilangan. Shu kundan boshlab non narxi o‘rtacha 1500 so‘mni tashkil qilayotgan edi.

Ma’lumot uchun, 2019 yil 1 oktyabrdan boshlab un va qolipli non xarid qilish bo‘yicha qo‘shimcha xarajatlarni qoplash uchun aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan ayrim toifalariga beriladigan har oylik pul kompensatsiyasi oshirilib, 50 000 so‘m miqdorida belgilangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан