Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda nazoratdagi ayrim shaxslarning respublikadan chiqishi cheklab qo‘yiladi
18.02.2020 19:04,  
869

Vazirlar Mahkamasining “Ichki ishlar organlari probatsiya xizmati faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2020-2021 yillarda ichki ishlar organlari probatsiya xizmati faoliyatini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, 2020 yil dekabrga qadar tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi.

Unda nazorat ostidagilar ma’muriy nazoratdan bo‘yin tovlash maqsadida yashash joyini o‘zboshimchalik bilan tark etgan hollarda ularning respublika hududidan chiqishini cheklashni nazarda tutuvchi tartibni joriy qilish mo‘ljallanmoqda.

Mas’ul ijrochilar — Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura.

Shuningdek, tegishli oliy ta’lim muassasalarida psixologiya yo‘nalish bo‘yicha tahsil olayotgan talabalarning probatsiya bo‘linmalarida amaliyot o‘tashini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан