O‘zbekistonda necha kishi koronavirusga qarshi vaksina olganligi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda necha kishi koronavirusga qarshi vaksina olganligi ma’lum bo‘ldi

Koronavirusga qarshi ZF 2001 vaksinasining III faza sinovlarida ishtirok etgan fuqarolar soni jami 1270 kishini tashkil etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Xabarda aytilishicha, ularning hammasi ham vaksina bilan emlanmagan, ayrimlariga platsebo, ya’ni vaksina bilan bir xil ko‘rinishga ega, o‘zida nomzod vaksina yoki dori vositasini saqlamagan birikma yuborilgan. Ushbu sinov ikki tomonlama noma’lum bo‘lganligi uchun na shifokor va na ko‘ngilli vaksina yoki platsebo olganini bilmaydi. Vaksina sinovlarida ishtirok etgan fuqarolarning soni 6 yanvarda 82 nafar ko‘ngillini tashkil etgan.