Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda necha kishi koronavirusga test topshirgani aniqlandi
5.06.2020 14:02,  
81

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Botir Qurbonov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

Ta’kidlanishicha, so‘nggi 14 kun davomida tasdiqlangan 937 ta kasallanish holatidan 412 nafari (47%) — aholi orasidan, 525 nafari (53%) — xorijdan kelgan fuqarolarda aniqlangan.

Epidemik vaziyat noxush bo‘lgan hududlardan kelgan va bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan 49 117 nafar fuqaro salomatligi ustidan tibbiy nazorat davom etmoqda.

Ularning 26 794 nafari — uy sharoitida, 22 323 nafari — statsionar sharoitda karantinga olingan.

Respublika bo‘yicha 45 ta PZR (polimeraz-zanjirli reaksiya) laboratoriya kompleksida ish samaradorligi yuqori quvvatga ega, ekspress usulda ishlaydigan 75 ta PZR jihozlari kunu-tun ishlamoqda va bu jarayonga 137 nafar tajribali vrach-virusolog jalb qilingan.

Mavjud virusologik laboratoriyalarda oxirgi bir kunda — 18 655 ta, epid mavsum davomida — 748 555 ta test sinovi o‘tkazildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан