Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda non narxi keskin ravishda oshadi
12.10.2019 11:44,  
2251

O‘zbekiston hukumati bug‘doy va un narxini liberallashtirishga qaror qildi. Endilikda davlat fermerlardan va donni qayta ishlash korxonalaridan don sotib olish narxini sun’iy ravishda ushlab turmaydi. Natijada yaqin vaqt ichida nonning narxi 1500 so‘mga oshishi kutilmoqda.

Davlat xaridlari bo‘yicha fermerlarning g‘allasiga past narx belgilanishi, uning arzon bahoda sotilishi fermerlar va don korxonalariga iqtisodiy zarar keltirmoqda, bu holat g‘alla hosildorligini oshirishga rag‘batlantirmasligini aytib, Oliy Majlis va hukumatga murojaat qilgan edi.

Shuningdek, davlat donni qayta ishlash korxonalarini fermerlardan 1 kilogrammi 1430 so‘m bug‘doy sotib olishga, keyin ishlab chiqarilgan unni davlat narxida – 1 kilogrammi 1400 so‘mdan sotish bo‘yicha majburiyat yuklagan. Don narxining ko‘tarilishi evaziga, korxonalar zarar ko‘radi va fermerlar bilan hisob-kitob qila olmaydi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi fermerlarning don narxini oshirish bo‘yicha qilgan murojaatini o‘rganib chiqish uchun ishchi guruh tuzilgani aytilgandi. O‘rganish natijasida narxni liberallashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilishi kutilgan.

Shuningdek, davlat narxida un ishlab chiqaruvchilarning aytishicha, ayni vaqtda unning 1 kilogrammi tannarxi 2200—2400 so‘mni tashkil qiladi. Biroq ular unni 1400 so‘mdan sotish majburiyatini olgan.

Un narxining liberallashtirilishi natijasida unning bir kilogrammi narxi 2000—2500 so‘mgacha ko‘tarilishi mumkin. Non ishlab chiqaruvchilarning dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, non narxi 40—45 foizga oshishi mumkin. Hozirda buxanka nonning ulgurji narxi 1000 so‘mni tashkil qiladi. Do‘konda esa 1100 so‘mdan sotilmoqda.

«Hukumat don va un narxini liberallashtirishga qaror qildi. Ha, bu buxanka nonnining 1500 so‘mgacha oshishiga olib keladi. Ammo byudjet kam ta’minlangan va ko‘p bolali oilalarning xarajatlarini qoplaydi – ular qariyb 2 million kishini tashkil qiladi. Har bir oilaga har oyda non sotib olish uchun 50 ming so‘mdan mablag‘ ajratiladi», — deyiladi xabarda.

Hozirda hukumat non uchun sarf-xarajatlarni qoplash uchun oyiga qariyb 1,6 million kishiga 22,5 ming so‘m to‘lamoqda. Kompensatsiya narxini 50 ming so‘mga oshirishga qaror qilingan. Shuningdek, ko‘p bolali oilalar (3 dan ortiq bolali oilalar) uchun kompensatsiya berishga kelishilgan. Shu tariqa kompensatsiya oladigan odamlar soni 1,9—2 millionga yetadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан