Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda ob-havo keskin pasayishi kutilayotgani sabab YHXBB haydovchilarga shinalar holatiga e’tiborli bo‘lishga chaqirdi
29.09.2021 14:31,  
205

O‘zbekistonda ob-havo keskin pasayishi kutilayotgani sababli YHXBB haydovchilarni transport vositalarining texnik sozligiga, shinalar sovuq ob-havoga chidamligiga e’tiborli bo‘lishga chaqirdi.

«O‘zgidromet» bergan ma’lumotga ko‘ra, 30 sentyabrda O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 1—3 oktyabrda respublikaning qolgan hududlariga Volga bo‘yi orqali Rossiya Yevropa qismining (Moskva viloyati) markaziy hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi.

1—3 oktyabrda havo harorati kechasi 3-8 darajagacha, kunduzi 12-17 darajacha, shimolda kechasi 0-5 darajagacha iliq, kunduzi 10-15 darajagacha pasayadi. 1—2 oktyabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda, 3 oktyabrda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi, 2—3 oktyabrda tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin.

«Ob-havo sharoitining keskin o‘zgarishi kutilayotganini inobatga olib, barcha haydovchilardan boshqaruvidagi transport vositasining texnik sozligini tekshirib, shina protektori naqshlarining qoldiq balandligi belgilangan me’yorda bo‘lishiga e’tiborli bo‘lib, yo‘llarda o‘ta ehtiyotkorlik bilan qoidalarga rioya qilgan holda harakatlanishlarini so‘raymiz», — deyiladi YHXBB xabarida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан