Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda ochilishi kutilayotgan TBC Bank birinchi yilni zarar bilan yakunlashi kutilmoqda
22.02.2020 13:23,  
511

Gruziyaning TBC Banki 2020 yilning 21 yanvarida bank faoliyatini tashkil qilish uchun Markaziy bankdan dastlabki ruxsatnomani olgan edi.

Bankning O‘zbekistondagi faoliyat strategiyasi chakana, kichik va o‘rta darajadagi biznes uchun yangi avlod bank xizmatlarining ekotiziminini yaratishdan iborat deb yozmoqda Spot nashri.

Asosiy e’tibor kompaniyaning 2018 yilda ishlab chiqqan to‘liq raqamli xizmat ko‘rsatadigan Space neobankiga qaratiladi.

O‘zbekistondagi banki uchun kompaniya xalqaro moliya institutlari (ehtimol YeTTB yoki XMK) va mahalliy hamkor (ehtimol UzOman investitsion kompaniyasi)ni jalb qilishni rejalashtirmoqda. Bankning 51 % aksiyalari gruzin banki ixtiyorida bo‘ladi.

Barcha aksiyadorlarning umumiy boshlang‘ich sarmoyasi $ 40 million bo‘lishi kutilmoqda, kompaniya investitsiyalarni ikki bosqichga ajratishni rejalashtirmoqda: litsenziyani olishdan oldin $ 12 million va undan keyin $ 28 million.

Bank iste’mol kreditlari, avtoulov kreditlari, omonat va joriy hisobvaraqlardan boshlashni rejalashtirmoqda. Keyinchalik mikrokreditlar, kichik va o‘rta biznes uchun kreditlar va kreditlar qo‘shiladi.

TBC Bank birinchi yilda ular 6-8 million dollar zarar ko‘rishini va ikkinchi yilda ular minusdan chiqib ketishlarini kutmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан