Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda ochilmagan jinoyatlarni tadqiq etish bilan shug‘ullanuvchi institut tashkil etildi
23.11.2021 08:30,  
91

Hukumat qarori bilan Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika Sud-ekspertiza markazining Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati tashkil etildi. Bu haqda Telegram’dagi «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, institut sud-ekspertiza sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradi va ekspertiza muassasalariga ko‘mak beradi. Shuningdek, institut tomonidan ochilmagan jinoyatlarni tadqiq etish maqsadida statistik ma’lumotlar yig‘iladi.

Davlat va nodavlat ekspertiza tashkilotlarining uslubiyotlarining ilmiy jihatdan asoslanganini ko‘rib chiqish va xulosa berish institut tomonidan amalga oshiriladi.

Institut direktori Adliya vaziri tomonidan tayinlanadi va ozod qilinadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан