Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning ro‘yxati yuritiladi
24.11.2021 07:44,  
50

Hukumat qarori bilan Odam savdosi sohasidagi jinoyatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning yagona axborot bazasini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi, deb xabar beradi Telegram’dagi «Huquqiy axborot» kanali.

Ma’lum qilinishicha, odam savdosi sohasidagi jinoyatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning yagona axborot bazasi Ichki ishlar vazirligi Tezkor qidiruv departamenti tomonidan yuritiladi.

Bazaga quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:

  • odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslar;
  • odam savdosidan jabrlanganlar, jabrlangan deb taxmin qilinayotganlar – ayollar va bolalar haqidagi axborot alohida ajratilgan holda, ularga ko‘rsatilgan yordam natijalari;
  • jinoyat sodir etish usullari va boshqa axborotlar.

Ma’lumotlardan odam savdosiga qarshi kurashishdagi vakolatli organlar foydalanishi uchun Tezkor qidiruv departamenti va uning hududiy bo‘linmalariga yozma yoki elektron shaklda so‘rovnoma yuboradi. So‘rovnoma tushganidan so‘ng uning natijasi bo‘yicha besh kunda javob yuboriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан