Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda O‘simliklarni himoya qilish agentligi tashkil etiladi
28.11.2020 08:16,  
773

Shavkat Mirziyoyevning «O‘simliklarni himoya qilish va agrokimyoviy tahlil tizimlarida davlat boshqaruvini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, «O‘zagrokimyohimoya» aksiyadorlik jamiyatining:

  • «O‘zagrokimyohimoya» aksiyadorlik jamiyati va hududiy «Agrokimyohimoya» aksiyadorlik jamiyatlarini qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida tashkil qilinayotgan agrosanoat klasterlari faoliyatining to‘liq shakllanib borishi bilan birgalikda 2022 yildan boshlab xususiy sektorga bosqichma-bosqich o‘tkazish;
  • «O‘zagrokimyohimoya» aksiyadorlik jamiyatining o‘simliklarni himoya qilish tuzilmalari, shu jumladan, Qoraqalpog‘iston va viloyatlardagi Chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurashish xizmati filiallari, «Agrokimyo stansiyasi» mas’uliyati cheklangan jamiyati, uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy filiallarini Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimiga o‘tkazgan holda vazirlik huzurida O‘simliklarni himoya qilish agentligi va Agrokimyoviy tahlil markazi davlat muassasasini tashkil etish;
  • «O‘zagrokimyohimoya» aksiyadorlik jamiyati, hududiy «Agrokimyohimoya» aksiyadorlik jamiyatlari va ularning tarkibiy tuzilmalari balansidagi byudjet va xo‘jalik mablag‘lari hisobiga sotib olingan asosiy vositalarni agentlik va markaz hamda ularning hududiy bo‘linmalari balansiga o‘tkazish;
  • «O‘zagrokimyohimoya» aksiyadorlik jamiyati tizimidagi hududiy «Agrokimyohimoya» aksiyadorlik jamiyatlarining 156 ta filiallari sonini mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda 2021 yilda 56 taga maqbullashtirish;
  • «O‘zagrokimyohimoya» aksiyadorlik jamiyati tomonidan hududiy «Agrokimyohimoya» aksiyadorlik jamiyatlarining filiallariga tegishli shoxobchalar va boshqa bino-inshootlar hamda texnika vositalarining bir qismini keyinchalik elektron auksionda sotish sharti bilan ularning soliqdan bo‘lgan qarzi va byudjetdan ajratilgan foizsiz ssuda mablag‘lari bo‘yicha qarzdorliklarini qisqartirish hisobiga bozor qiymatida Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga berish;
  • «O‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti» mas’uliyati cheklangan jamiyatini davlat muassasasiga aylantirgan holda Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markaziga o‘tkazish va «Respublika o‘quv-ishlab chiqarish biolaboratoriyasi» mas’uliyati cheklangan jamiyatning funksiyalari, majburiyatlari va mol-mulkini O‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot institutiga berish;
  • o‘simliklarni himoya qilish sohasida ilmiy izlanishlar ko‘lamini kengaytirish, ilm-fan va amaliyot integratsiyasini ta’minlash maqsadida 2021–2022 yillarda respublikaning barcha hududlarida o‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot institutining filiallarini tashkil etish, shuningdek, mazkur ilmiy-tadqiqot instituti huzurida soha mutaxassislari va rahbar xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullanishi mumkin.

Quyidagilar agentlikning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib belgilanadi:

  • o‘simliklarni himoya qilish sohasida yagona davlat siyosati va nazoratini yuritish, o‘simliklarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni amalga oshirishni ta’minlash, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining ushbu sohadagi o‘zaro hamkorligini muvofiqlashtirish;
  • o‘simliklarni himoya qilish sohasida fan, ta’lim va ishlab chiqarishni integratsiyalash, dolzarb muammo va mavzular bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar yo‘nalishlarini belgilash, fitosanitariya amaliyotiga fundamental va amaliy tadqiqotlar natijalarini, innovatsion ishlanmalarini joriy etishni muvofiqlashtirish;
  • o‘simliklar zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurash yo‘nalishida yangi turdagi entomofag, boshqa biologik vositalar introduksiyasini yo‘lga qo‘yish, organik mahsulotlar yetishtirish bilan bog‘liq tadbirlarni qo‘llab- quvvatlash;
  • qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari, jumladan, bog‘-tokzorlar, sabzavot, poliz va kartoshka ekinlari, issiqxonalar va aholi tomorqa yerlarida zararkunanda, kasallik va begona o‘tlarga qarshi kurashishda uyg‘unlashgan himoya qilish tizimini ilg‘or xorijiy tajriba asosida takomillashtirish chora-tadbirlarini belgilash va amalga oshirish;
  • qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarida zararkunanda, kasalliklar va begona o‘tlarning rivojlanishi va tarqalishini bashorat qilish, o‘simliklarni himoya qilish vositalariga bo‘lgan ilmiy talabni shakllantirish, ishlov o‘tkaziladigan maydonlar hajmi va ishlov turlarini belgilash, ekin maydonlarida fitosanitariya holati monitoringini yuritish va zararli organizmlarga qarshi ishlov o‘tkaziladigan maydonlarni to‘liq nazorat qilish;
  • chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash, agrokimyoviy tahlil xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
  • sohada o‘zaro manfaatli hamkorlik asosida davlat-xususiy sheriklik tizimini rivojlantirish, xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb qilish;
  • xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda ilg‘or texnologiyalar va ish uslublarini o‘simliklarni himoya qilish xizmati faoliyatiga tatbiq etish;
  • kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tizimli tashkil etish, rahbarlar va mutaxassislarning ish tartibi va usullarini takomillashtirish, zimmalariga yuklangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli ado etishda ularning mas’uliyatini oshirish.

Belgilanishicha:

a) agentlik va markaz o‘z faoliyati bo‘yicha O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligiga hisobot beradi;

b) agentlik va markazning o‘z vakolatlari doirasida qabul qiladigan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari, shuningdek, korxona, muassasalar, klasterlar, kooperatsiyalar, yerdan foydalanuvchilar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi;

v) agentlik xodimlari qishloq xo‘jaligi ekin maydonlariga, bog‘ va tokzorlarga, klaster, kooperatsiyalar, fermer, dehqon xo‘jaliklari va aholi tomorqa yerlariga, davlat o‘rmon fondi yerlariga, chegara hududlarga, shuningdek, issiqxonalarga moneliksiz kirish va fitosanitariya holati bo‘yicha nazoratni yuritish huquqiga ega;

g) agentlik xodimlari tomonidan berilgan ko‘rsatmalarning bajarilishi jismoniy va yuridik shaxslar uchun majburiy hisoblanadi;

d) agentlik va uning bo‘linmalari o‘simliklarni himoya qilish sohasida O‘zbekiston davlat nazorat organlarining yagona tizimini tashkil etadi;

e) agentlik va markaz xodimlariga O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi markaziy apparati xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya shartlari tatbiq etiladi;

j) agentlik va uning bo‘linmalari, markaz va uning tizim muassasalari O‘zbekiston Davlat byudjeti va qonun hujjatlari bilan ta’qiqlanmagan boshqa manbalari hisobidan ta’minlanadi;

z) agentlik direktori:

  • O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirining taqdimnomasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
  • maqomi, mehnatga haq to‘lash, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish shartlari bo‘yicha vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi;

i) agentlik direktorining o‘rinbosarlari agentlik direktorining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;

k) markaz direktori Qishloq xo‘jaligi vaziri tomonidan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан