Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 192 kishida koronavirus tasdiqlandi. Qurbonlar bor
26.05.2021 10:26,  
307

O‘zbekistonda 24 may kuni yana 215 kishida koronavirus tasdiqlandi, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati. Bu ko‘rsatkich 24 may kuni 192 nafar, 23 may kuni 206 nafar, 22 may kuni 287 nafarni tashkil etgandi.

Yangi kasallanish holatlarining

  • 3 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 1 nafari Andijon viloyatida,
  • 1 nafari Buxoro viloyatida,
  • 3 nafari Jizzax viloyatida,
  • 3 nafari Navoiy viloyatida,
  • 4 nafari Namangan viloyatida,
  • 46 nafari Samarqand viloyatida,
  • 5 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 1 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 4 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 2 nafari Xorazm viloyatida,
  • 38 nafari Toshkent viloyatida,
  • 104 nafari Toshkent shahrida

koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan. Shunday qilib, mamlakatda koronavirusga chalingani rasman tan olinganlar soni 99 064 nafarga yetdi.

Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, so‘nggi sutkada Qoraqalpog‘istonda 12 nafar, Buxoroda 5 nafar, Jizzaxda 4 nafar, Qashqadaryoda 1 nafar, Navoiyda 3 nafar, Namanganda 3 nafar, Samarqandda 34 nafar, Surxondaryoda 5 nafar, Farg‘onada 2 nafar, Toshkent viloyatida 28 nafar hamda Toshkent shahrida 201 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 94 683 nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

 

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 684 nafarni tashkil qilmoqda. Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3697 nafar bemor davolanyapti.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан