Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda o‘tgan yilga nisbatan go‘daklar va onalar o‘limi oshgan
23.04.2021 15:15,  
179

Senatning o‘n to‘rtinchi yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining 2020 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti eshitildi.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekistonda reproduktiv salomatlikni, onalik va bolalikni muhofaza qilishga oid qonun hujjatlari ijrosini ta’minlashdagi kamchiliklar oqibatida o‘tgan yilga nisbatan go‘daklar o‘limi 428 taga (6 432-6 860), onalar o‘limi 10 taga (145-155) oshgan.

Shuningdek, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash, ularni keltirib chiqarayotgan sabab va omillarni bartaraf etish bo‘yicha kamchiliklarga barham berilmagan.

Respublika bo‘yicha ro‘yxatga olingan jami 62 081 ta jinoyatning 41 087 tasi yoki 66 foizi oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar toifasiga kiradi.

Umumiy jinoyatchilik 34,7 foizga ko‘paygan, og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar 49 foizga, jumladan, qasddan odam o‘ldirish 13, badanga og‘ir shikast yetkazish 13, nomusga tegish 27,7, bosqinchilik 18,5 foizga ortgan.

Respublika bo‘yicha qidiruvda bo‘lgan 9 790 nafar shaxsdan 6 761 nafari yoki 75 foizi ushlanmagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан