Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda o‘ttiz ikkinchi bankka faoliyat ko‘rsatish litsenziyasi berildi
26.08.2020 11:56,  
477

Markaziy bank boshqaruvi Toshkent shahrida “ANOR BANK” aksiyadorlik jamiyatini ro‘yxatdan o‘tkazish va unga bank faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Anor bank birinchi raqamli milliy bank bo‘lishi kutilmoqda. Bankka dastlabki ruxsatnoma joriy yilning 9 mart kuni berilgan edi. 

Bankers.uz Telegram kanalining yozishicha, bank asosan chakana bank xizmatlari, shuningdek kichik biznes uchun yangi formatdagi va egiluvchan bank xizmatlarini ko‘rsatishni rejalashtirgan. Mijoz bankka bormaydi, shunchaki barcha xizmatlar masofadan, onlayn ravishda ko‘rsatiladi. Bunda mijozga xizmat ko‘rsatish tunu-kun ishlovchi kontakt-markaz yordamida, masofaviy kanallar orqali dunyoning istalgan nuqtasidan amalga oshiriladi. Shuningdek, bank ofisiga “borgisi kelib qoladigan” mijozlar uchun Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida mijozlarga xizmat ko‘rsatish markazi ham faoliyat yuritadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан