Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda paxta terimida majburiy mehnatga yo‘l qo‘ygan 5 nafar mansabdor javobgarlikka tortildi
31.10.2021 08:04,  
85

O‘zbekistonda 2021 yilda mehnat qonunchiligini buzgani uchun 65 nafar mansabdor shaxsga javobgarlik belgilandi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Davlat mehnat inspeksiyasiga paxta mavsumida majburiy mehnat hamda mehnat huquqlari buzilishiga oid jami 128 ta murojaat kelib tushib, shundan, call-markaz orqali 54 ta, sayt orqali 15 ta, ijtimoiy tarmoqlar orqali 24 ta hamda 35 ta yozma murojaatlar kelgan.

O‘tkazilgan monitoringlar va murojaatlarni o‘rganish natijasida Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan mehnat qonunchiligini buzgani uchun 65 nafar mansabdor shaxsga jami 198,4 million so‘m miqdorda ma’muriy jarima tayinlangan.

Ma’lum qilinishicha, paxta yig‘im-terimi davrida majburiy mehnatga yo‘l qo‘yganligi uchun 5 nafar mansabdor shaxs Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 51-moddasiga (mehnatga ma’muriy tarzda majburlash) asosan javobgarlikka tortildi va 1 ta holat yuzasidan tegishli hujjatlar sudlarga kiritildi.

Bundan tashqari, 21 ta holatda mehnat shartnomasi tuzilmagani, 25 ta holatda mehnat sharoitlari yaratilmagani, 14 ta holatda terim pullarining o‘z vaqtida to‘lamaslik faktlari aniqlanib, mansabdor shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortildi. Shuningdek, aniqlangan qonun buzilishlarni bartaraf etish yuzasidan 48 ta holat yuzasidan yozma ko‘rsatmalar kiritilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан