Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda pensiya va nafaqa to‘lash muddati kechiktiriladi
29.12.2021 12:05,  
705

O‘zbekistonda pensiya va nafaqa to‘lash dam olish kunlarini hisobga olib, bir necha kunga kechiktiraladi. Bu haqda Pensiya jamg‘armasi matbuot xizmati xabar bermoqda.  

Ma’lum bo‘lishicha, Prezidentning tegishli Farmoniga asosan 2021 yilning 31 dekabr va 2022 yilning 1-4 yanvar kunlari respublikamizda barcha soha vakillari uchun dam olish kuni deb e’lon qilindi.

Shu munosabat bilan xalqimiz o‘rtasida tushunmovchiliklar yuzaga kelishini oldini olish hamda pensiya va nafaqa oluvchilarning ovoragarchiliklariga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida nafaqa va pensiya to‘lash bir muddatga kechiktiriladi. 

Yanvar oyi uchun pensiya va nafaqalar naqd pul shaklida tarqatilishi hamda bank kartalariga yuklanishi 5-6 yanvar sanasidan boshlab belgilangan muddatlargacha to‘lanishi ta’minlanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан