Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda pensiya yoshi bosqichma-bosqich o‘zgartiriladi
22.01.2020 10:15,  
2936

Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi vakillari tomonidan ma’lum qilinishicha, 2020 yil 1 aprel sanasigacha hujjat loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi.

Jahon banki, XVF va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda hujjat ustida ish olib borilmoqda, deb xabar berdi «Norma».

Dunyoda erkaklar va ayollar uchun o‘rtacha pensiya yoshi 62 yoshni, O‘zbekistonda esa 57,5 yoshni tashkil etadi. Shuningdek 7 yilni tashkil etadigan, pensiya tayinlash uchun eng kam staj bosqichma-bosqich oshirilishi rejalashtirilmoqda (Xalqaro mehnat tashkiloti Konvensiyasiga muvofiq – 15 yil).

2011 yildan 2019 yilgacha O‘zbekistondagi pensionerlar soni 2,4 baravarga oshdi. 2019 yilda ular 339 ming kishiga ko‘paydi. Bunda rasman ish bilan band aholi – 4,76 mln kishi, ular iqtisodiy jihatdan faol aholining 32,5%ini tashkil etadi.

- O‘tgan yilda ijtimoiy nafaqalar va kompensatsiyalar to‘lovi uchun respublika byudjeti mablag‘lari hisobidan 2,5 trln. so‘m ajratildi hamda 2020 yilda ushbu to‘lovlar uchun 3,6 trln.so‘m ajratilishi rejalashtirilgan.

Pensiya jamg‘armasining 2019 yil daromadlari prognoz ko‘rsatkichlariga nisbatan oshirib bajarilganligi natijasida, o‘tgan yilda pensiya to‘lovlari uchun respublika byudjetidan ajratilishi rejalashtirilgan 4,7 trln.so‘m miqdorida subsidiya ajratilmasdan, to‘lovlar to‘liq Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan o‘z vaqtida moliyalashtirilishi ta’minlandi.

Pensiya badallarini to‘lashda aholi manfaatdorligini oshirish uchun uch darajali pensiya ta’minoti tizimiga o‘tilishi ko‘rib chiqilmoqda. Birinchi darajasida eng kam miqdordagi davlat pensiyasi to‘lanishi nazarda tutilmoqda. Ikkinchi darajasida – MB qayta moliyalashtirish stavkasidan kam bo‘lmagan miqdorda foizlar hisoblangan holda ish haqidan muayyan summadagi ajratmalar asosida shaxsiy hisob varaqda jamlangan pensiyani to‘lash. Uchinchi holatda Pensiya jamg‘armasiga ajratmalar miqdori aholi tomonidan belgilanadi.

Joriy yilda fuqarolarning pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi yangi qonun qabul qilinadi. Amaldagi Qonun 1994 yilda qabul qilingan. Qonunga 26 marta tuzatishlar kiritilganligiga qaramay, unda havolaki normalar, o‘zini oqlamagan imtiyozlar ham talaygina. Hozirga qadar alohida soha xodimlari, mukofotlangan va unvonlarga ega fuqarolarning ro‘yxati mavjud, ular muddatidan oldin pensiyaga chiqish imkoniyatiga egalar yoki pensiyaga yuqori miqdorda ustamalarni asoslanmagan holda oladilar. Bunday imtiyozlar 642,4 ming kishiga berilgan.

Idoralararo ma’lumotlar almashinuvini kengaytirish maqsadida “Pensiya” dasturiy kompleksini modernizatsiya qilish rejalashtirilmoqda, bu yangi kompleks bo‘lishi mumkin. Hozirgi vaqtda 2,4 mln pensionerlar SMS-xabar tizimidan foydalanadilar, YaIDXP orqali axborot olish uchun boshqa onlayn-xizmatlar ham joriy etilgan, davlat xizmatlari markazlari orqali bola tug‘ilganligi va dafn marosimi uchun nafaqalar olishga buyurtmalar berish jarayoni avtomatlashtirilmoqda.

Vazirlar Mahkamasining 5.12.2019 yildagi 971-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomda Yagona milliy mehnat tizimida jismoniy shaxslar o‘zining o‘tgan davrlardagi mehnat faoliyati haqidagi ma’lumotlarni mustaqil ravishda joylashtirishga haqli ekanligi nazarda tutilgan. Bunda kiritilgan ma’lumotlar yozuv kiritilganidan keyin 15 kun mobaynida Pensiya jamg‘armasi organlari tomonidan verifikatsiya qilinadi (tasdiqlanadi). 2020 yil 1 aprelga kelib ushbu ma’lumotlarni kiritish va ularni verifikatsiya qilish mexanizmi aniqlashtiriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан