Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda porox ishlab chiqarish rejalashtirilyapti
9.12.2020 04:18,  
275

Qozon davlat porox fabrikasi va O‘zbekiston mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi O‘zbekistonda ditsenziya asosida piroksilin poroxlarini ishlab chiqarish loyihasini muhokama qildilar.

“Tomonlar 2021 yilda piroksilin yoqilg‘isini yetkazib berish shartlari, nomenklaturasi va narxini kelishib oldilar, O‘zbekiston Respublikasi hududida litsenziyali piroksilin yoqilg‘isini ishlab chiqarish loyihasini tayyorlash uchun har ikki tomon taqdim etiladigan texnik hujjatlar hajmini aniqladilar”, deyilgan Tatariston Sanoat va savdo vazirligi xabarida.

Shuningdek, piroksilin poroxlarini tayyorlashning sxemalari hamda O‘zbekistonda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xomashyo (paxta sellyulozasi) yetkazish imkoniyatlarini ham muhokama qilingan.

Qozon davlat porox fabrikasi direktori Aleksandr Livshits O‘zbekiston porox ishlab chiqarish uchun asosiy xomashyo yetkazib beruvchi hisoblanishini ta’kidlagan.

Qozon porox zavodi Rossiyadagi eng yoshi katta fabrika hisoblanadi. U yerda barcha turdagi piroksilin poroxlari ishlab chiqariladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан