Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda Prezident Farmoni bilan Jamoat xavfsizligi konsepsiyasi tasdiqlandi
30.11.2021 18:06,  
150

Joriy yilning 29 noyabr kuni O‘zbekiston Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. Unga ko‘ra, Jamoat xavfsizligi konsepsiyasi tasdiqlandi.

Konsepsiya milliy xavfsizlikning asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblangan respublikamizda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha davlat siyosatini belgilovchi muhim hujjat sifatida namoyon bo‘ldi.

Uning asosida huquq-tartibot va boshqa mas’ul idoralarning faoliyati “Barcha sa’y-harakatlarimiz inson qadri uchun” degan ustuvor g‘oya asosida yanada kuchaytiriladi.

Bunda milliy manfaatlari sifatida:

jamiyatda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlash;

aholining huquqiy ongi va siyosiy-huquqiy madaniyatini, ijtimoiy faolligi, fuqarolik mas’uliyatini oshirish;

davlat va jamiyat boshqaruvi tizimini mustahkamlash, davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish;

mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, ommaviy axborot vositalarining faol va bunyodkor rolini oshirish;

jamiyatda millatlararo va dinlararo munosabatlarni, diniy bag‘rikenglik madaniyatini, do‘stlik, o‘zaro hamkorlik va gumanizmni har tomonlama mustahkamlash kabi ustuvor maqsadlar ko‘zlanadi.

Konsepsiya ilg‘or xorijiy va milliy tajribalarni inobatga olgan holda tayyorlangan hamda jamoat xavfsizligi sohasida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari va uni amalga oshirish mexanizmlari, jamoat xavfsizligini ta’minlovchi 10 ta idoralarning aniq vazifalari belgilanmoqda.

Ilk marotaba, mazkur yo‘nalishda huquq-tartibot idoralar bilan bir qatorda Mahalla vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va mahalliy hokimliklar mas’uliyati ham belgilanmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан