Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda Prezident sayloviga tayyorgarlik boshlanmoqda
18.01.2021 17:41,  
952

2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni loyihasi umumxalq muhokamasiga qo‘yildi.

Unda ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuksak saviyada o‘tkazish bo‘yicha aniq choralar belgilanadi.Mazkur vazifani bajarish muddati etib 2021 yil 1 mart sanasi belgilangan.
Markaziy saylov komissiyasi (kelishuv asosida), Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi, vazirlik va idoralar mazkur jarayonga mas’ul tuzilmalar etib belgilanmoqda. Chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqiladi.

Dasturda:

saylov komissiyalari a’zolarining saylov qonunchiligi va xalqaro standartlar bo‘yicha bilimlarini tizimli asosda shakllantirish;

xalqaro kuzatuvchilar tomonidan berilgan maqbul tavsiyalarni milliy qonunchilik va amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;

aholining elektoral madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha aniq vazifalarni belgilash nazarda tutiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан