Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda prezident saylovlari ikki oy oldinga surilishi mumkin
25.01.2021 18:07,  
845

O‘zbekistonda prezident saylovlari oktyabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkazilishi mumkin. Bu haqda «Yuksalish» umummilliy harakati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu masala Quyi palatadagi siyosiy partiyalar fraksiyalari yig‘ilishida muhokama qilingan. Agar ushbu xabar tasdiqlansa, Konstitutsiya va Saylov kodeksiga tegishli o‘zgartishlar kiritish kerak bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvallari Prezident saylovlari dekabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkazilardi.

O‘zbekistonda prezident sayloviga tayyorgarlik jarayonlari 2021 yil 1 martdan boshlanishi xabar qilingandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан