Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda professional ta’limni tashkil etish tartibi belgilandi
11.08.2020 18:28,  
352

«O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim tizimini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida» Hukumat qarori (466-son, 07.08.2020 y.) qabul qilindi.

Qaror bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, professional ta’lim mehnat bozoridagi kadrlarga bo‘lgan real ehtiyoj, ish beruvchilarning takliflari hamda «Hayot davomida ta’lim olish» prinsipi asosida ta’lim olishga mo‘ljallangan.

Professional ta’lim tizimida kadrlar tayyorlash kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarda amalga oshiriladi.

Ushbu ta’lim muassasalarini tashkil etish va tugatish Hukumat tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Nodavlat professional ta’lim muassasalari belgilangan tartibda jismoniy va nodavlat yuridik shaxslar tomonidan tashkil etiladi.

Davlat organlari va xo‘jalik birlashmalari professional ta’lim muassasalarining muassisi bo‘lishi mumkin.

Kollejlar va texnikumlarda kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shakllari joriy etiladi. Professional ta’lim muassasalarida qoidaga ko‘ra, guruhlarda kamida 12 nafar va ko‘pi bilan 30 nafar o‘quvchi bo‘ladi.

Ta’lim dasturlarini muvaffaqiyatli bitirganlarga davlat namunasidagi diplom beriladi. Diplom olingan bilim, ko‘nikma va malakalarni mehnat faoliyatida qo‘llash huquqini beradi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан