Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda prokuror-kriminalist lavozimi joriy etiladi
18.04.2020 09:40,  
473

Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasida surishtiruv va dastlabki tergov organlarining faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi e’lon qilindi.

Farmon loyihasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi:

  • prokuratura organlarining belgilangan shtatlar jadvali doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokuraturalari tizimida prokuror-kriminalist lavozimini joriy etish;
  • Moliya vazirligi bilan birgalikda prokuror-kriminalistlarni zamonaviy maxsus jihozlar bilan ta’minlash choralarini ko‘radi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va boshqa manfaatdor vazirlik, idoralar bilan hamkorlikda:

  • oliy yuridik ta’lim muassasalarida surishtiruv va tergov faoliyatining asoslari, kriminalistika, sud ekspertizasi va ushbu sohaga doir boshqa maxsus fanlarning chuqurlashtirilgan holda o‘qitilishi yo‘lga qo‘yilishini;
  • Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriat bosqichi 4-kurs hamda universitetning ixtisoslashtirilgan filiali 3-kurs talabalarining bevosita amaliyotda, shu jumladan surishtiruv va tergov organlarida o‘tash tartibi joriy etilishini;
  • tibbiyot yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida sud-tibbiyot ekspertlarini tayyorlashga ixtisoslashgan fakultetlarda davlat granti asosida o‘qitishning joriy etilishini;
  • tibbiyot yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarining sud-tibbiyot ekspertizasi yo‘nalishini tamomlagan mutaxassislarning kamida besh yil davlat ekspertiza muassasalarida ishlab berishi tartibi yo‘lga qo‘yilishini ta’minlaydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан