Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda qancha aholi jamoat transportidan foydalanishi ma’lum qilindi
26.02.2020 17:18,  
308

O‘zbekiston aholisining 77 foizi jamoat transportidan foydalanadi. Bu haqda bugun, 26 fevral kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi tomonidan tashkil etilgan brifingda ma’lum qilindi.

Agentlik tomonidan 2019 yilning dekabr oyida respublika bo‘yicha yo‘lovchi tashish transporti xizmatlari sohasida ularning huquqlari qanchalik himoya qilinganligiga baho berish maqsadida 1661 nafar iste’molchi orasida ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazilgan. So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, 52,5 foiz iste’molchining huquqi buzilgani, 63,9 foizi huquqlarini qayta tiklay olmagani, 73,7 foizi esa vakolatli davlat organiga bu haqda murojaat qilmaganligi ma’lum bo‘ldi.

So‘rovnomaning ikkinchi bo‘limida yo‘lovchi tashish transporti xizmatlaridan foydalanish, transport xizmatlarini baholash, iste’molchilarning yo‘lovchi tashish transport xizmatlari bilan qoniqqanlik darajasi o‘rganildi. O‘tkazilgan so‘rov natijalari tahlil qilinganda, iste’molchilarning 77 foizi jamoat transportidan foydalanishini, 74,3 foiz yo‘lovchi tomonidan transportda yangi yo‘nalishlarni ochish bo‘yicha takliflar berilgan, 50 foizdan ortiq yo‘lovchi qatnayotgan avtobus va mikroavtobuslar soni va ularning xizmat sifati qoniqtirmasligini bildirgan.

Bundan tashqari, yo‘lkira uchun to‘langan pulga chipta berilmaslik, avtobuslarning bekatlarda uzoq vaqt turib qolishi, avtobus va mikroavtobuslarda sovitish va isitish tizimining ishlamasligi hamda bekatlarda avtobus qatnov jadvali (raqami va qachon kelishi) haqidagi ma’lumotlarning mavjud emasligi bayon qilingan.

“Yo‘lovchi tashish transporti — avtobus va mikroavtobuslar ham bir qator majburiyatlarga ega. Xususan, avtobuslarning texnik holati va qatnov vaqti o‘z me’yorida belgilangan bo‘ladi. Avtobus avtoshohbekatda 5 daqiqadan, oraliqdagi bekatlarda 1 daqiqadan ortiq turmasligi kerak. Bundan tashqari, avtobusda dori qutisining bo‘lishi va yo‘lovchilardan birining tobi qochganida, chiptachi tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilishi kerak. Qolaversa, haydovchi va chiptachi maxsus formada xizmat ko‘rsatishi zarur. Agarda bunday qoidabuzarliklarga duch kelsangiz va jamoat transportlarida huquqlaringiz poymol bo‘lgan taqdirda, agentlikning 1159 qisqa raqamli ishonch telefoni va “Toshshahartransxizmat” AJning 1062 telefoniga murojaat qilishlaringiz mumkin”, — dedi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi direktori Elmurot Hayitmetov.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан