Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda qidiruvga berilgan erkak Rossiyada qo‘lga olindi
19.03.2021 08:40,  
257

Rossiyaning Sankt-Peterburg politsiyasi xodimlari tadbirkorga hujum qilgani uchun qidiruvga berilgan O‘zbekiston fuqarosini hibsga oldi. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligining Sankt-Peterburg va Leningraddagi viloyat bosh boshqarmalariga asoslanib, «Fontanka» xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston fuqarosi — 25 yoshli ijarachi U.T. «Granit» maxsus tezkor otryadi tomonidan 18 mart kuni Marshal Kazakov ko‘chasidagi xonadonlardan birida qo‘lga olingan.

Xabarlarga ko‘ra, U.T. tadbirkorga hujum qilgani uchun O‘zbekistonda qidiruvga berilgan. Oziq-ovqat do‘koni egasiga 2020 yil yozida bir nechta shaxslar tayoq va bitalar bilan hujum qilgan. Hodisaning barcha ishtirokchilari zudlik bilan hibsga olingan. Ammo U.T. Rossiyaga qochib ketishga muvaffaq bo‘lgan. Sankt-Peterburgda u qurilish maydonchalarida ishlab kelgan.

Hozirda qo‘lga olingan shaxs hududiy politsiya bo‘limiga olib ketilgan bo‘lib, yaqin kunlarda uni O‘zbekistonga ekstraditsiya qilish masalasi hal qilinadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан