Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda qo‘riqchi-robotlar paydo bo‘ldi
13.08.2021 23:46,  
241

O‘zbekistonda «Promobot» deb nomlangan Rossiya qo‘riqchi robotlari paydo bo‘ldi. Bu haqda «Promobot» kompaniyasi xabar berdi.

«Promobot» Rossiya robotlar xizmati Toshkentdagi yirik qo‘riqlash uskunalari shou-rumida ish boshladi», deyiladi ishlab chiqaruvchilar izohida.

Robotning vazifalari do‘konlarda patrullik qilish, do‘kon xodimlari va mehmonlarni videokuzatuvga olishdan iborat. U o‘ziga o‘rnatilgan datchiklar orqali erkin harakatlana oladi. Shuningdek, kompaniya faoliyatiga doir savollarga javob ham beradi.

Robot ingliz va rus tilida gaplashadi. Boshqa qurilmalar bilan ham aloqaga kirishadi. Vokzallar, savdo markazlari va odamlar gavjum joylardagi ekotizimni ham qo‘riqlaydi.

Kompaniya direktorining aytishicha, «Promobot» inson omili xatolaridan mutlaqo xoli. Masalan, charchamaydi, tashrif buyuruvchilarga qo‘pollik qilmaydi, ishga kech qolmaydi va hech qachon adashmaydi.

Hozirgi paytda «Promobot» Qozog‘iston ichki ishlar departamentlari, Germaniya korxonalari va Abu-Dabi politsiyasida ish boshlagan. Birlashgan Arab Amirliklari yana 3 ta robotga buyurtma bergan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан