Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda qurilish tashkilotlari uchun reyting joriy etiladi
5.04.2020 16:58,  
920

1 iyuldan loyiha-qidiruv, 1 sentyabrdan esa qurilish-pudrat tashkilotlarining elektron reytingi joriy etiladi. 2020 yil 1 iyuldan soliq va statistika hisobotlari ma’lumotlari asosida avtomatik tarzda shakllanadigan loyiha-qidiruv tashkilotlarining elektron reytingi hisoblab boriladi.

Unda ish tajribasi, xodimlar, shu jumladan, malakali mutaxassislar soni, asosiy vositalar hajmi, olingan daromadlar va to‘langan soliqlar, ish haqi to‘lash fondi va boshqa mezonlar aks ettiriladi.

2020 yil 1 sentyabrdan soliq va statistika hisobotlari ma’lumotlari, shuningdek, Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi ma’lumotlari asosida avtomatik tarzda shakllantiriladigan qurilish-pudrat tashkilotlarining elektron reytingi joriy etiladi.

Unda quyidagi mezonlar inobatga olinadi:

— ish tajribasi, xodimlar, shu jumladan, malakali mutaxassislar soni, asosiy vositalar hajmi, olingan daromadlar va to‘langan soliqlar, ish haqi to‘lash fondi va boshqa mezonlar;
— qurilishi tugallangan ob’yektlar hajmi, shaharsozlik qonunchiligini buzish holatlarini bartaraf etish to‘g‘risidagi bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalarning mavjudligi va ularning ijrosi hamda boshqa mezonlar.

Reyting qurilish ishlari hajmlari va ob’yektlari bo‘yicha tabaqalashtiriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан