Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda Ramazon oyi 13 aprelda boshlanadi
9.04.2021 09:13,  
134

Shavkat Mirziyoyev «Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.

Qarorga muvofiq, muborak Ramazon oyining karantin qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda, uy sharoitida, oila davrasida o‘tkazilishi uchun zarur sharoitlar yaratiladi.

O‘zbekiston Musulmonlari idorasi ulamolari tomonidan Islom dini manbalari va astronomik ma’lumotlarga tayangan holda 2021 yilda Ramazon oyining birinchi kuni shu yil 13 aprel – seshanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqida xulosa qilingan.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamda boshqa jamoat tashkilotlari bilan birgalikda Ramazon oyini karantin qoidalariga rioya qilgan holda milliy an’ana va qadriyatlarga mos va munosib holda o‘tkazishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

«Joylarda Ramazon oyining mazmun-mohiyatida mujassam bo‘lgan insoniylik, ma’naviy poklik, sabr-qanoat kabi fazilatlarni e’zozlash, bugungi tinch va farovon hayotimizni qadrlash, odamlarni bir-biriga yaxshilik qilish, ahil va hamjihat bo‘lib yashashga da’vat etadigan hamda yosh avlodni ona Vatanga muhabbat, azaliy an’ana va qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladigan targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazishga alohida e’tibor qaratilsin», – deyiladi prezident qarorida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан