Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda rasman koronavirus qayd etilganlar soni 56 252 nafarga yetdi
29.09.2020 17:39,  
178

2020 yil 29 sentyabr soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 56 252 (+184) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 176 nafari Toshkent shahrida, 8 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

O‘zbekistonda COVID-19 bilan kasallanish va o‘lim holatlarining statistikasi qanchalik ishonchli?

Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun ayni paytga qadar:

  • Toshkent shahrida 248 nafar, 
  • Toshkent viloyatida 106 nafar, 
  • Andijon viloyatida 12 nafar, 
  • Samarqand viloyatida 10 nafar, 
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 9 nafar, 
  • Qashqadaryo viloyatida 7 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 1 nafar bemor tuzaldi. 

Shunday qilib yurtimizda 52 859 (+393) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 2 928 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан